Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari statistikasini yangiladi.
2020 yil 1 may holatiga ko‘ra, rasmiy zaxiralar 31,2 milliard dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (18,5 milliard dollar) va xorijiy valyutadagi zaxira aktivlar (12,3 milliard dollar) o‘rtasida taqsimlangan.
Markaziy bank oltin-valyuta zaxiralari haqidagi ma’lumotni e’lon qilishni boshlaganidan buyon birinchi marta ularning miqdori 31 milliard dollarga yaqinlashdi. Zaxiralarning o‘sishi asosan oltin narxining oshishi hisobiga yuz bergan. Mazkur zaxiralar mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» hisoblanadi. Ular noqulay tashqi sharoitlar vaqtida himoya buferi sifatida xizmat qiladi. Zaxiralarning yetarliligi noqulay tashqi sharoitlarning tabiatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston 16 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma’lum bo‘ldi. Bu tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil yanvar oyi holatiga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi hajmi 26,6 milliard dollarni, 2019 yil esa 30 milliard dollarni tashkil etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»