2 051
Toshkentda koronavirusga chalingan 17 kishi tuzaldi. O‘zbekiston bo‘yicha jami sog‘ayganlar soni 2685 nafarga yetdi
Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, jami 17 nafar bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo‘lib, yoshi kattasi 62 yoshda, yoshi kichigi esa 21 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Farg‘ona, Toshkent, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan bemor sog‘aydi.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 9 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 51 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda. Hududlar kesimida olinsa, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Farg‘ona viloyatidan 2 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent va Namangan viloyatlari hamda Toshkent shahridan 1 nafardan bemor sog‘aydi.
Shunday qilib, Toshkentda shu paytga qadar 980 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 997 nafarga yetdi.
Bundan avval respublika bo‘yicha sog‘ayganlar soni 2668 nafarni tashkil etayotgandi. Endi esa ular soni 2685 nafarga yetdi.
Kasallanganlarning umumiy soni esa 28 may soat 10:00 holatiga ko‘ra 3396 nafarni tashkil qilmoqda. Kasallanganlarning 14 nafari infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»