2 588
Qozog‘istondagi O‘zbekiston fuqarolarining vatanga kiritilishi cheklangan tartibda amalga oshirilmoqda
Qozog‘iston-O‘zbekiston chegarasidagi «Jibek joli» – «G‘isht-Ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinida 3000dan ortiq O‘zbekiston fuqaroci to‘planishi kuzatilmoqda, deb ma’lum qildi Tashqi ishlar vazirligi.
Xabar qilinishicha, O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi xodimlari nazorat-o‘tkazish punktida bo‘lib turishibdi.
«Vatandoshlar bilan doimiy aloqa o‘rnatilgan, diaspora vakillari bilan birgalikda issiq ovqat va boshqa yordam tashkil qilinmoqda, vaziyat umumiy nazoratga olingan», – deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, 1-8 iyul oralig‘ida 2700dan oshiq vatandosh – asosan kasallar, qariyalar, homiladorlar va yosh bolali ayollar O‘zbekiston-Qozog‘iston chegarasini kesib o‘tgan.
«Texnik sabablarga ko‘ra, so‘nggi kunlarda vatandoshlarning davlatlararo chegaradan o‘tishlari cheklangan miqdorda amalga oshirildi.
«Jibek joli» o‘tkazish punkti orqali respublika fuqarolarining O‘zbekiston hududiga cheklangan holda kirishi bilan bog‘liq barcha muammolar tez muddatda hal qilinadi», – deya qayd etilgan Tashqi ishlar vazirligi operativ shtabi axborotida. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»