12:50 / 20.07.2020
2 581

Toshkentdagi barcha polikinikalarning shifokor va hamshiralari koronavirusga qarshi kurashga safarbar etiladi

Toshkentdagi barcha polikinikalarning shifokor va hamshiralari koronavirusga qarshi kurashga safarbar etiladi
Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash borasida olib borilayotgan ishlar chuqur tanqidiy tahlil qilindi.

Shu bilan birga, pandemiyani jilovlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar joylarda tizimli yo‘lga qo‘yilmagani ko‘rsatib o‘tildi.
«Jumladan, birlamchi tibbiyot bo‘g‘ini, ya’ni oilaviy poliklinikalar va qishloq vrachlik punktlari aholiga yordam berish uchun 24 soatlik ish rejimiga o‘tkazilmagan.

Toshkent shahridagi 11ta tuman ko‘p tarmoqli markaziy va 64ta oilaviy poliklinikada har birida 50dan 200 nafargacha tibbiyot xodimi mavjud bo‘lsa-da, ularning aksariyati kunning faqat birinchi yarmida bemorlarni qabul qilishadi.

Har bir poliklinikada Covid-19 infeksiyasining yengil yoki simptomsiz kechayotgan bemorlarga konsultativ yordam ko‘rsatish uchun shakllantirilgan 3ta shifokordan iborat maxsus mobil brigada biriktirilgan bo‘lishi kerak, ammo ayrim brigadalarda umuman vrach yo‘q.

Deyarli barcha poliklinikalarda rentgen-diagnostika kabinetlari mavjud, lekin ularning imkoniyatlaridan umuman foydalanilmayapti.
Agar ushbu poliklinikalar aholini samarali patronaj xizmatini amalga oshirsa, tabiiyki, 103 raqamli tez tibbiy yordamga bosim qisqaradi va aholi orasida sarosima yuzaga kelishining oldi olinadi
», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va Sog‘liqni saqlash vazirligiga poytaxtdagi 75ta poliklinikaning imkoniyatlarini, ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan 3 mingdan ortiq shifokor va hamshirani infeksiyaning yengil va simptomsiz kechayotgan bemorlarga xizmat ko‘rsatishga 24 soatlik uzluksiz rejimda to‘liq safarbar qilish topshirig‘i berildi.

Shuningdek ushbu faoliyatga jalb qilinayotgan shifokor va hamshiralar mehnatini rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdagi barcha polikinikalarning shifokor va hamshiralari koronavirusga qarshi kurashga safarbar etiladi