
Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev 1 avgustgacha qat’iylashtirilgan karantin muddati yana cho‘zilishi ehtimolini istisno etmadi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
«Karantinni avgustdan keyin yana uzaytirish masalasiga vaziyatni tahlil qilgan holda qaytiladi. Davlat rahbari tomonidan iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ishlashi kerak, degan talab qo‘yilgan», – dedi Musayev Xalqaro press-klubning 20 iyuldagi sessiyasida.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat keskin yomonlashishi ortidan, 10 iyuldan boshlab qat’iy karantin choralari qaytarilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar