21 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 567taga ortib, jami holatlar soni 17881taga yetdi.
«Shu yilning 21 iyul kuni mamlakatimizda 567 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, ularning barchasi tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi vazirlik xabarida.
21 iyul kuni respublikaning 9 hududida yangi kasallanish holatlari aniqlandi. Eng ko‘p holatlar Toshkent shahri va Andijon viloyatida qayd etilgan.
Jami 567 holat:
Toshkent shahrida 270;
Andijon viloyatida 111;
Namangan viloyatida 42;
Sirdaryo viloyatida 36;
Qashqadaryo viloyatida 34;
Jizzax viloyatida 29;
Qoraqalpog‘istonda 23;
Toshkent viloyatida 15;
Navoiy viloyatida 7.
Tuzalganlar (+58)
Bugun 4 hududda jami 58 bemor tuzaldi va shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayib chiqqanlar soni 9521 nafarga yetdi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida 5 nafar;
Samarqand viloyatidagi tibbiyot muassasasida 36 nafar;
Toshkent shahrida uy sharoitida 8 nafar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6 nafar;
Sirdaryo viloyatida 3 nafar.
Toshkent shahrida 3 nafar, Andijon viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va jami o‘limlar soni 95taga yetdi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 265 nafar bemordan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Hozirda mamlakatimizda uy karantinida 62 513 nafar, statsionar karantinda esa 23 754 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»