10:33 / 22.07.2020
1 793

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 18 mingdan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 18 mingdan oshdi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 290 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.
«2020 yil 22 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18 171 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 131 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 61 nafar Andijon viloyatida, 50 nafari Surxondaryo viloyatida, 19 nafari Qashqadaryo viloyatida, 16 nafari Namangan viloyatida hamda 13 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

21 iyul kuni O‘zbekistonning 9 hududida 567ta yangi kasallanish holatlari aniqlangandi. Shuningdek, 58 bemor tuzalib, shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 9521 nafarga yetgan. Shu vaqtgacha rasman 96 kishi koronavirusdan vafot etgani tasdiqlangan.

Ayni vaqtda 8 554 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)