17:45 / 24.07.2020
3 075

Dam olish kunlari Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda

Dam olish kunlari Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
Respublika Gidrometerologiya markazi dam olish kunlarida yurtimizda kutiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Bugun O‘zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlariga Volgabo‘yi rayonlari ustida shakllangan nisbatan salqin va kam nam havo oqimi kirishi davom etmoqda.

Respublikamiz hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati bo‘yicha, respublikaning tog‘li va tog‘oldi hududlarida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Harorat 35-38 daraja atrofida bo‘ladi, janubda ayrim joylarda 40-42 darajagacha yetishi mumkin.
Dam olish kunlari butun mamlakatimiz hududiga Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirishni boshlaydi.

Respublika hududining katta qismida ob-havo kam bulutli va quruq bo‘ladi, faqat ayrim tog‘oldi va tog‘li joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduzgi harorat 37-40 daraja atrofida bo‘ladi, janubda 42 darajagacha ko‘tariladi, bu yozning shu davri xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan 2-4 darajaga yuqoridir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari Turkmanistondan yana issiq va quruq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda