14:33 / 05.08.2020
3 666

Poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlari o‘zgartiriladigan bo‘ldi

Poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlari o‘zgartiriladigan bo‘ldi
Davlatimiz rahbari joriy yil 29 may kuni Toshkent shahrida Yangi hayot tumanini tashkil etish masalasiga to‘xtalib o‘tgan edi. Shunga muvofiq, ishchi guruh tomonidan Sergeli tumanidan 1752 gektar, Bektemirdan 267 gektar, Zangiotadan qariyb 328, Quyi Chirchiqdan salkam 129, Yangiyo‘ldan 263, O‘rta Chirchiqdan 1346 gektar ajratib, Yangi hayot tumanini jami 4085 gektarda tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi.

Yangi hayot tumani tashkil etilishi munosabati bilan Toshkent shahri tumanlari chegarasining o‘zgarishi to‘g‘risida ham taqdimot qilindi. Shuningdek, Yangi hayot tumanida loyihalashtirilayotgan bunyodkorlik ishlari, tumanning ma’muriy markazini tashkil etishga oid takliflar ko‘rib chiqildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev takliflarni ma’qullab, Toshkent shahrining Bosh rejasini qayta ko‘rib chiqish, shaharga qo‘shimcha berilayotgan yer maydonlariga uylar, sanoat korxonalari, xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarini oqilona joylashtirish, eng asosiysi, aholiga qulay shart-sharoitlarni yaratishga alohida e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

Mutasaddi rahbarlarga yuqoridagi masalalar yuzasidan tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini qisqa muddatda tayyorlab, mahalliy kengashlar va Oliy Majlisga ko‘rib chiqish uchun kiritish bo‘yicha topshiriq berildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Poytaxt va Toshkent viloyati tumanlari hududlari o‘zgartiriladigan bo‘ldi