23:33 / 07.08.2020
1 957

O‘zbekistonda 8-9 avgust kunlari kuchaytirilgan karantin rejimi amal qiladi

O‘zbekistonda 8-9 avgust kunlari kuchaytirilgan karantin rejimi amal qiladi
O‘zbekistonda joriy etilgan karantin cheklovlari 15 avgustga qadar uzaytirilgan. Maxsus komissiyaning 26 iyul kuni e’lon qilingan qaroriga asosan, dam olish kunlari, xususan 8-9 avgustda respublika miqyosida harakatlanish, avtotransport vositalarining, yo‘nalishsiz taksilarning harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Dam olish kunlarida aholidan «o‘zini o‘zi yakkalash» hayot tarziga rioya etgan holda, o‘z uylarida qolish so‘ralgan.
Bu kunlarda davlat organlari va muassasalari, xo‘jalik birlashmalari hamda boshqa tashkilotlarga xodimlarni ishga jalb etmaslik, ularning uyda qolishi uchun sharoit yaratish tavsiya etilgan.

Xuddi shunday tartib 18-19 va 25-26 iyul kunlari, 31 iyul (Qurbon hayiti) hamda 1-2 avgust kunlari ham amal qilgan edi.
Total karantin sharoitida oziq-ovqat do‘konlari faoliyatini davom ettirishi belgilangan.


Shu bilan birga, kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari harakatlanishi uchun fuqarolardan maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydi.

Homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, test va qon topshirish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson sog‘lig‘iga va hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar shular jumlasidan.
Mutasaddilarga bu kabi holatlarda fuqarolarning avtotransport vositalari harakatlanishiga to‘sqinlik qilmaslik, zarur hollarda fuqarolarni manziliga yetkazishda amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berilgan.


Mazkur cheklov maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanadigan va harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydigan avtotransport vositalariga taalluqli emas.

Respublika maxsus komissiyasining 8 iyuldagi qarorida, avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan quyidagi holatlar sanab o‘tilgan:
  • Sog‘liqni saqlash tizimidagi hamda xususiy tibbiyot tashkilotlari, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalari.
  • Farmatsevtika mahsulotlari (dori vositalari va tibbiy buyumlar) ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari.
  • Fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tug‘ruq, tana jarohati, OIV/OITS, onkologik yordam, nurlanish terapiyasi, gemodializ yordamini ko‘rsatish, jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lganda, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalari.
  • Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga.
  • Yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalari.
  • Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar – gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, suv oqava va chiqindi tashishning maxsus avtotransport vositalari.
  • Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, Hisob palatasi, Biznes-ombudsman, Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman), Inson huquqlari milliy markazi, Savdo-sanoat palatasining xizmat avtotransport vositalari.
  • Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, boshqa davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ommaviy axborot vositalarining xizmat avtotransport vositalari.
  • Markaziy bank va uning hududiy boshqarmalari hamda tijorat banklarining xizmat avtotransport vositalari.
  • «Respublika inkassatsiya xizmati» DUK xizmat avtotransport vositalari.
  • Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda «CMD», «D», «UN», «T», «M» va «X» davlat raqami belgilariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari. Xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari hamda «CMD», «D», «UN», «T», «M» va «X» davlat raqami belgilariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek, diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, xorijiy davlatlar hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, savdo vakolatxonalari xodimlarining avtotransport vositalari (xizmat guvohnomasini ko‘rsatgan holda).
  • Aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, «O‘zbektelekom» AK va uning tashkilotlari hamda «O‘zinfokom» yagona integratori» MCHJga tegishli xizmat avtotransport vositalari.
  • N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari.
  • «Toshshahartransxizmat» AK tarkibiga kiruvchi avtobus saroylarining M2 va M3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalari.
  • Yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari.
  • Dafn marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtotransport vositalari (faqat dafn marosimlari xizmatini ko‘rsatish maqsadida).
  • Mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalari.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)