10:44 / 13.08.2020
3 308

O‘zbekistonda 15 avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 15 avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi
Foto: Daryo.uz
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 avgustdan boshlab O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari va markazlari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.

Qarorda mazkur muassasalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan talablar belgilandi.
Ta’lim markazlari va to‘garaklarda mashg‘ulotlar vaqti oldindan kelishib olinishi kerak.

Xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish) zarur. Tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar) mashg‘ulotlardan chetlatiladi.

Xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi lozim.
Muassasalarda sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash choralari ko‘rilishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan boshlab tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtatilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 15 avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi