3 384
O‘zbekistonda 15 avgustdan xususiy bog‘chalar va maktablar faoliyatiga ruxsat beriladi
Foto: Daryo.uz
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 15 avgustdan boshlab O‘zbekistonda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va maktablar, shuningdek, o‘quv kurslari va markazlari faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishga ruxsat beriladi.
Qarorda mazkur muassasalar faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan talablar belgilandi.
Ta’lim markazlari va to‘garaklarda mashg‘ulotlar vaqti oldindan kelishib olinishi kerak.
Xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar)ning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish) zarur. Tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalar (tarbiyalanuvchilar) mashg‘ulotlardan chetlatiladi.
Xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo‘lqoplardan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi lozim.
Muassasalarda sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish, bino xonalarini doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash choralari ko‘rilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 10 iyuldan boshlab tashkiliy-huquqiy va mulkchilik shaklidan qat’i nazar maktabgacha ta’lim tashkilotlari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati to‘xtatilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi