Kun davomida 1382 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi.
15 avgust kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 34701 (+684) nafarni tashkil etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“15 avgust kuni O‘zbekistonda 684 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, kun davomida 1382 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 30043 nafarga yetdi.
Bemorlarning 1044 nafari Toshkent shahrida, 295 nafari Toshkent viloyatida, 11 nafari Xorazm viloyatida, 10 nafari Qashqadaryo viloyatida, 7 nafari Sirdaryo viloyatida, yana 7 nafari Surxondaryo viloyatida, 6 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.
Shunday qilib, mana besh kundirki, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasidan kunlik sog‘ayishlar soni ming nafardan oshmoqda va hammasi bo‘lib besh kun davomida COVID-19’dan 7051 nafar bemor sog‘aydi.
Shu bilan birga, Toshkent shahrida 3 nafar, Navoiy va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Respublika bo‘yicha jami o‘lim holatlari soni 226taga yetdi.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 4432 nafar bemordan 1021 nafari og‘ir, 285 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi