Shu yilning 16 avgust kuni mamlakatimizda 628 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, barchasi tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bo‘limi xabariga ko‘ra, kun davomida Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 930 nafar bemor sog‘aydi.
Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 329 nafar bemordan 30 973 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 87 foizni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 124 nafar bemordan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”