O‘zbekiston hozirgi murakkab sharoitga qaramasdan, zimmasiga olgan barcha xalqaro majburiyatlar va kelishuvlarni to‘liq bajarib kelmoqda. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
«Taraqqiyot kushandasi bo‘lmish illat – korrupsiyaga qarshi mamlakatimizda keng ko‘lamda kurash olib borilmoqda. Shu borada yangi tuzilma – Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etganimiz bu masalaning dolzarbligi va doimiy e’tiborimizda bo‘lishidan dalolat beradi.
Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so‘z va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror toptirish, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o‘rnatish bo‘yicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olganini bugun yana bir bor ta’kidlamoqchiman.
Barchangiz xabardorsiz, hozirgi murakkab sharoitga qaramasdan, biz zimmamizga olgan barcha xalqaro majburiyatlar va kelishuvlarni to‘liq bajarib kelmoqdamiz. Xorijiy sheriklarimiz bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni faol rivojlantirmoqdamiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Prezident koronavirusga qarshi kurashda amaliy ko‘mak bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Yaponiya va boshqa hamkor davlatlarga o‘zbek xalqi nomidan tashakkur izhor etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi