12:23 / 05.09.2020
3 013

Beshta hududda yuzga yaqin kasallanganlar aniqlandi

Beshta hududda yuzga yaqin kasallanganlar aniqlandi
2020-yil 5-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 43169 (+94) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 59 nafari Toshkent shahrida, 18 nafari Toshkent viloyatida, 7 nafari Andijon viloyatida, yana 7 nafari Namangan viloyatida hamda 3 nafari Qashqadaryo viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 72 yoshli X.S. (erkak) hamda Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli L.Sh. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda yurtimizda 40432 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2396 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 368 nafari og‘ir, 179 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Beshta hududda yuzga yaqin kasallanganlar aniqlandi