12:54 / 14.09.2020
2 321

Andijon viloyatida 400ga yaqin maktab ochilishiga ruxsat berildi

Andijon viloyatida 400ga yaqin maktab ochilishiga ruxsat berildi
Bugun, 14 sentyabr kuni Andijon viloyatida xalq deputatlari viloyat, shahar va tuman kengashlari deputatlarining qo‘shma sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatdagi 383ta maktabda yangi o‘quv yili boshlanishiga ruxsat berish haqida qaror qabul qilindi.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, viloyatdagi boshqa maktablar 20 sentyabrga qadar bosqichma-bosqich ochiladi. Faqatgina o‘qituvchilarida koronavirus infeksiyasi aniqlangan maktablarning ish faoliyatini boshlashi kechiktirib turiladi.

Viloyatda 764ta maktab mavjud bo‘lib, yangi o‘quv yili arafasida barcha ta’lim dargohlarida har kuni sinf kesimida o‘quvchilarning kirib kelishi, sinf xonalariga joylashishi hamda tanaffuslarni o‘tkazishi bo‘yicha repetitsiyalar olib borilgan.

Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni Andijon viloyatida 2020-2021 o‘quv yili doirasida 61ta maktab sinov tariqasida o‘z faoliyatini boshlagan. O‘quvchilar ijtimoiy masofa saqlab, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tahsil olishga kirishishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijon viloyatida 400ga yaqin maktab ochilishiga ruxsat berildi