15:36 / 14.09.2020
1 668

90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi uchun imtihonga kiritilmagan. Ular 17 sentyabr kuni test topshirishi mumkin

90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi uchun imtihonga kiritilmagan. Ular 17 sentyabr kuni test topshirishi mumkin
Bugun, 14 sentyabr kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov OTMlarga kirish imtihonlari yakunlariga oid statistik ma’lumotlarni ma’lum qildi.
«Kirish imtihonlari 2 sentyabrdan boshlab, 13 sentyabrgacha davom etdi. Test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 1 million 304 ming 194 nafar abituriyentdan 1 million 240 ming 614 nafari, ya’ni 95,1 foizi ishtirok etdi.

63 ming 580 nafar, ya’ni 4,9 foiz abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlarida ishtirok etmadi.

Jami 1 187 nafar abituriyent turli sabablarga ko‘ra test sinovlaridan chetlatildi. Shundan 548 nafari hududga kirishda, 639 nafari esa test sinovi jarayonida imtihondan chetlatilgan», deya ma’lumot berdi Sardor Rajabov.

Uning qayd etishicha, 367 nafar abituriyent telefon olib kirishga uringani, 48 nafari shpargalka olib kirmoqchi bo‘lgani, 118 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirishga harakat qilgani, 10 nafari hujjat soxtalashtirgani uchun chetlatilgan.

Test jarayonida esa 491 nafar abituriyent telefondan foydalangani, 68 nafari shpargalkadan foydalangani, 27 nafari boshqa abituriyent o‘rniga kirgani aniqlangan.

Shuningdek, 90 nafar abituriyentning tana harorati yuqori bo‘lgani uchun test sinovlariga kiritilmagan. Ular uchun 17 sentyabr kuni test tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 90 nafar abituriyent tana harorati yuqoriligi uchun imtihonga kiritilmagan. Ular 17 sentyabr kuni test topshirishi mumkin