17:22 / 14.09.2020
2 158

Test imtihonlari bo‘yicha apellatsiya qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Test imtihonlari bo‘yicha apellatsiya qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi
AOKAda DTM mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda qatnashgan DTM Bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabovga ko‘ra, appelyatsiya ariza yoki shikoyatlarini bu yil onlayn tarzda qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Tanlovlar to‘liq yakunlangandan so‘ng ariza berish imkoniyatlari yaratiladi.

Oktyabr oyining boshlarida appelyatsiya shikoyatlarini qabul qilish yo‘lga qo‘yiladi.

Barcha materiallar DTMda yig‘ilganligi va ekspertlar ham test markazida jamlanganligini inobatga olib, appelyatsiya shikoyatlari test markazida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

Appelyatsiya jarayonlari to‘liq onlayn tarzda uzatiladi, ya’ni ota-onalar bemalol appelyatsiya jarayonlarini onlayn kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Appelyatsiyaga bergan abituriyent test sinovlarida yechgan savollar varaqasi bilan o‘zi bevosita ishtirok etadi.

Ta’kidlash lozimki, abituriyentlar appelyatsiyada qayta sinovdan o‘tkazilmaydi, ya’ni yangi savollar berilmaydi. test sinovida yechgan savollar kitobida belgilangan javoblar bilan appelyatsiya jarayoni ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Test imtihonlari bo‘yicha apellatsiya qachon boshlanishi ma’lum bo‘ldi