20:01 / 17.10.2020
3 017

Andijonda 100 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirgan shaxslar ushlandi

Andijonda 100 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirgan shaxslar ushlandi
Andijonda qalbaki pul tayyorlash va uni muomalaga kiritish bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9 oktabr kuni soat 21:30 larda viloyat IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tezkor tadbir davomida Andijon tumanida yashovchi fuqarolar A.X. va X.B. o‘zaro jinoiy til biriktirib, Epson-P50 rusumli rangli printer yordamida 100 ming so‘m kupyuradagi jami 6,9 million so‘m qiymatdagi qalbaki pullarni tayyorlab, kelgusida muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida A.X. 7 oktabr kuni Jalaquduq tumanida yashovchi fuqarolar T.M., M.G. va U.I.ning tuman hududida joylashgan savdo do‘konlariga kirib, qalbaki usulda tayyorlangan 100 ming so‘mlik kupyuradagi pullarni o‘tkazgani aniqlangan.

Jinoyat ishi bo‘yicha 12 oktabr kuni X.B. va A.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) hamda 168-moddasi 3-qismi «b» bandlari bilan ayb e’lon qilinib, ularga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Buxoroda salkam 100 ming dollarlik qalbaki valyutani sotishga uringanlar qo‘lga olingani, Toshkentda esa qalbaki 400 AQSH dollarini 2,5 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Andijonda 100 ming so‘mlik kupyurani qalbakilashtirgan shaxslar ushlandi