5 906
Erini o‘ldirish uchun «killer» yollagan asakalik ayol sud zalidan qo‘yib yuborildi
Shu yilning fevral oyida erini o‘ldirish uchun 50 ming AQSH dollariga odam yollagan asakalik O. D. (1984 yilda tug‘ilgan) qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.
Bosh prokuratura matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan mazkur xabarda ayol ashyoviy dalillar bilan ushlangani va unga nisbatan Jinoyat kodeksining (JK) 25,97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilayotgani alohida ta’kidlanadi.
Bugun mazkur jinoyat ishi yakuni bo‘yicha g‘alati xabar tarqaldi. Andijonlik bloger Otabek Nuritdinov o‘sha ayolning turmush o‘rtog‘iga tayanib ma’lum qilishicha, O. D. shu yilning 17 sentabr kuni sud zalidan qo‘yib yuborilgan.
Uncha-muncha tassavvurga sig‘maydigan holatmi? Shunday. Nima, dastlabki tergov jarayonida ayblovlarda o‘zgarish bo‘lganmi?
Shu va shu kabi savollarga oydinlik kiritish uchun Bosh prokuratura bilan bog‘landik. Mahkama matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, darhaqiqat, tergov jarayonida ayblovga o‘zgartirish kiritilgan. Biroq bu o‘zgarish ayblovni yengillashtirmas, balki og‘irlashtirar edi. Ya’nikim, O. D.ga nisbatan olib borilgan tergov harakatlari davomida ayblov JK 25,97-moddasi 1-qismidan (qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) shu moddaning 2-qismi «i» bandiga (qasddan odam o‘ldirishga tamagarlik niyatida suiqasd qilish) malakalangan va sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi esa O. D.ning harakatlarini 25,97-moddasi 1-qismiga qayta kvalifikatsiya qilishdan tashqari JKning 57-moddasini (jinoyat uchun belgilangan jazoning eng kam qismidan ham kamroq jazo tayinlash) qo‘llagan holda 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Bu hali hammasi emas. Sud sudlanuvchiga nisbatan jinoyat uchun belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlashdan tashqari JK 72-moddasini ham qo‘llab, belgilangan 7 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini shartliga almashtirgan va 2 yil sinov muddati bergan. Va shu tariqa ayol sud zalidan ozodlikka chiqariladi.
Biroq hukmni asossiz va adolatsiz deb hisoblagan Andijon viloyat prokuraturasi unga nisbatan sudning yuqori instansiyasiga protest kiritdi. Protest qachon ko‘rib chiqilishi hozircha noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”