22:39 / 17.10.2020
2 271

Toshkentdan uy olib berishni va’da qilib, fuqaroni 20 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentdan uy olib berishni va’da qilib, fuqaroni 20 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatida bir fuqaroni ishonchiga kirib unga poytaxtdan uy olib berishi va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda viloyati IIB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 9 oktabr kuni fuqaro T.A. IIBga murojaat qilib, 2019 yilning oktabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, tanishlari orqali 20 000 AQSH dollari evaziga Toshkent shahridan yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon olib berishini aytgan. Keyinchalik u bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni P.Yu. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish qilish bilan jazolanishi mumkin.

Avvalroq Samarqandda talabaning salkam 127 million so‘m kontrakt pulini to‘lab berishni va’da qilib, uning 2200 dollarini o‘zlashtirgan fuqaro, Namanganda hokim yordamida yer olib berishni va’da qilib, fuqaroni 34 ming dollarga chuv tushirgan shaxslar, Samarqandda tibbiyot oliygohiga kiritib qo‘yishni va’da qilib, abituriyentdan 7 ming dollar olgan stomatolog va Qashqadaryoda haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilib, o‘zganing 4 million so‘m pulini o‘zlashtirgan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentdan uy olib berishni va’da qilib, fuqaroni 20 ming dollarga chuv tushirgan shaxs qo‘lga olindi