21 oktabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi koronavirusga qarshi rekombinant vaksinaning klinik sinovlarini O‘zbekistonda tashkil etish masalasi bo‘yicha Xitoy Fanlar Akademiyasi Mikrobiologiya instituti va «Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical» kompaniyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Mazkur kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan va hozirda klinik sinovda o‘tayotgan vaksina koronavirus yuza antigenining genetik-muhandislik oqsili bo‘lib, u adenovirus hamda inaktivlashgan vaksina turlari bilan taqqoslanganda yuqori darajada xavfsiz hisoblanadi. Genetik-muhandislik oqsili zararlangan organizmda aynan unga qarshi antitanachalar ishlab chiqaradi.
Muzokaralar davomida o‘tkaziladigan klinik sinovlarning barcha bosqichlari muvaffaqiyatli yakunlangan taqdirda, O‘zbekiston ushbu vaksinani birinchilardan bo‘lib hamda arzon narxlarda xarid qilishda ustuvorlikka ega bo‘lishi ta’kidlandi.
Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari xitoylik hamkorlar bilan emlash jarayonini tashkil etish, jarayonga tayyorgarlik ko‘rish masalalarini muhokama qildi. Klinik sinovlar 18 va undan katta yoshdagi ko‘ngilli insonlarda o‘tkazilishi kutilmoqda. Sinov boshlanishidan oldin Xitoy Xalq Respublikasi vakillari tomonidan emlash shartlarini tushuntirishga qaratilgan bir qator treninglar o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”