2 268
Uch xonali kvartira ortidan Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti ham berildi
Bugun, 23 oktabr O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rasmiylari tomonidan jurnalist Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirilgan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Xabarda ta’kidlanishicha, jurnalistga nisbatan barcha tergov va surishtiruvlar tugatilgani, sud ishi ham yakunlangani, endi unga oid O‘zbekiston ichida va xorijga chiqish bilan bog‘liq har qanday cheklovlar bekor qilingan.
Bobomurod Abdullayev tarixi
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval jurnalistning o‘zi «Facebook»dagi sahifasi orqali prezident Shavkat Mirziyoyev unga barcha qulayliklarga ega uch xonali uy sovg‘a qilganini bildirgandi.
Bobomurod Abdullayev ilk bora «Usmon Haqnazarov» nomi ostida maqolalar yozishda ayblanib qo‘lga olingan, 2018 yil may oyida ozodlikka chiqarilgandi.
Lekin shu yil yozda Bishkekda tahsil olishda bo‘lib turgan Abdullayev bu safar «Qora Mergan» nomi ostida maqolalar yozishda gumonlanib, O‘zbekistonga keltirildi.
Jurnalistning onasi prezidentga videomurojaat yo‘llagach, undan tilxat olinib, ozod etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi