Numbeo portali dunyo mamlakatlaridagi jinoyatchilik va xavfsizlik darajasi bo‘yicha 2021 yilga mo‘ljallangan indeksini e’lon qildi. U 100 balldan hisoblanadi: jinoyatchilikni baholash mezonlari qancha past bo‘lsa, xavfsizlik ko‘rsatkichi shunchalik yuqorilaydi.
2021 yilda O‘zbekiston jinoyatchilik ko‘rsatkichi 34,70 ball, xavfsizlik ko‘rsatkichi 65,30 ballni tashkil etdi. Mazkur ko‘rsatkichlar bilan respublika xavfsizlik borasida dunyoda 40-o‘rinni egalladi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston davlati o‘z pozitsiyasini Litva va Kuvaytga boy berdi, ammo Vengriya va Germaniyadan oldinga o‘tdi.
O‘zbekiston jinoyatchilik darajasiga ko‘ra Osiyoda 19-o‘rinni (2020 yilda 12-o‘rin) va jinoyatchik bo‘yicha qit’adagi 43 davlat orasida 25-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Markaziy Osiyoda eng xavfsiz mamlakatga aylandi. Qirg‘iziston esa eng xavfli davlat deb topildi.
Jinoyatchilik darajasi eng yuqori bo‘lgan beshlikka — Venesuela (84,25), Papua-Yangi Gvineya (80,24), JAR (77,07), Afg‘oniston (76,37) va Gonduras (74,78) kiritilgan.
Jinoyatchilik darajasi past bo‘lgan dunyodagi eng xavfsiz mamlakat sifatida Qatar (12,29), undan keyingi o‘rinlarda Tayvan (15.24), BAA (15.35), Ummon (20.26) va Man oroli (20.79) e’tirof etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi