1 937
O‘zbekiston ikki pog‘onaga ko‘tarilgan 2020 yilgi jahon demokratiya indeksi e’lon qilindi
O‘zbekiston har yili jahon mamlakatlarining demokratiya indeksini e’lon qiladigan Britaniyaning The Economist Intelligence Unit tadqiqotlar tashkilotining 2020 yilgi reytingida 155-o‘rinni egalladi. Reytingga jami 165 ta mamlakat hamda Gonkong va Falastin avtonom hududlari kiritilgan.
2020 yil reytingida O‘zbekiston 2,12 ball to‘plab, 2019 yilga nisbatan 2 pog‘ona ko‘tarildi, ammo «avtoritar rejimlar» ro‘yxatida qoldi. O‘zbekiston 2019 yilda 157-o‘rinda, 2018 yilda esa 159-o‘rinda bo‘lgan.
Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Qozog‘iston 3,14 ball bilan 128-o‘rinni, Qirg‘iziston 4,21 ball bilan 107-o‘rinni egallagan. Tojikiston 1,94 ball bilan 159-o‘rinda, Turkmaniston esa 1,72 ball bilan 162-o‘rinda.
«2020 yilda demokratiya mustahkamligi koronavirus pandemiyasi tufayli yana bir bor sinovdan o‘tdi. 2020 yilgi demokratiya indeksidagi global o‘rtacha ball 2019 yildagi 5,44 balldan 5,37 ballgacha tushdi. Bu indeks birinchi marta tuzilgan 2006 yildan beri eng yomon global ko‘rsatkich», — deyiladi hisobotda.
Tahlilchilarning aytishicha, ko‘rsatkichlarning yomonlashuvi asosan dunyoda yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasiga javoban hukumat tomonidan individual va fuqarolik erkinliklariga cheklovlar kiritilish bilan bog‘liq.
Reytingda birinchi o‘rinni 9,81 ball olgan yana Norvegiya egallagan. Undan keyingi o‘rinlarda 9,37 ball bilan Islandiya va 9,26 ball bilan Shvetsiya o‘rin olgan. Kuchli beshlikka, shuningdek, 9,25 ball bilan Yangi Zelandiya va 9,20 ball bilan Kanada ham kirdi. Shimoliy Koreya 1,08 ball bilan yana bir bor indeksning eng quyi pog‘onasidan joy olgan.
The Economist Intelligence Unit demokratiya indeksini 2006 yildan beri e’lon qilib keladi. Reyting besh toifaga asoslanadi: saylovlar va plyuralizm, hukumat faoliyati, jamoatchilikning siyosatdagi ishtiroki, siyosiy madaniyat, fuqarolik erkinliklari.
Ushbu toifalardagi bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholardan kelib chiqqan holda har bir mamlakat to‘rt turdagi rejimlardan biri bilan tasniflanadi: «to‘liq demokratiya», «nomukammal demokratiya», «gibrid rejim» yoki «avtoritar rejim». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”