Foto: dunyo.info
Joriy yil 3 fevral kuni O‘zbekiston va San-Marino o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi protokolni rasmiy imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Mamlakatning Italiyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, hujjatni O‘zbekiston tomonidan elchi Otabek Akbarov, San-Marino tomonidan esa ushbu davlatning Italiyadagi elchisi Daniela Rotondaro imzoladi.
Ikki mamlakatda ichki protseduralar o‘tkazilgandan so‘ng, mazkur hujjat kuchga kiradi va San-Marino O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 136-davlat bo‘ladi.
San-Marino dunyodagi eng kichik davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakat to‘rt tomondan ham Italiya bilan chegaradosh. San-Marino aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘yicha (2020 yil – 56 ming 690 dollar) dunyodagi eng boy mamlakatlardan biridir.
Elchi Daniela Rotondaroning fikriga ko‘ra, ikki mamlakat oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishni ta’minlash hamda kambag‘allikni bartaraf etishda birgalikda ishlashi mumkin.
Shuningdek, u o‘zaro munosabatlarni savdo-iqtisodiy hamkorlik orqali rivojlantirishdan manfaatdorligini qayd etdi. Xususan, elchining so‘zlariga ko‘ra, San-Marino investitsiyalarni o‘zaro himoya qilish va rag‘batlantirish, ikki tomonlama soliqqa tortmaslik to‘g‘risidagi shartnomalarni ishlab chiqish va imzolashga tayyor. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi