
Respublika Gidrometeorologiya xizmati ertaga, 19 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 19-21° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 18-23° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 20-25° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar