13:03 / 12.03.2021
3 043

O‘zbekistonda 13 mart kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 13 mart kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda
«O‘zgidromet» 13 mart, shanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-12 daraja, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zida esa 25-28 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 4-9 daraja iliq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududiga 13—14 mart kunlari Volgabo‘yi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib kelib, yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilayotgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 13 mart kuni yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda