
O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keldi va bugun kun davomida shamol hamda yog‘ingarchiliklar kuzatildi.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga, 21 mart kuni Farg‘ona vodiysida momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Faqat Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Toshkent viloyatida esa yomg‘ir faqat kechasi va ertalab kuzatilishi ehtimoli bor.
Havo harorati 21 mart kuni 15-20 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar