22:43 / 23.03.2021
1 872

O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda

O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda
23 mart holatiga ko‘ra, Rossiya ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun ushbu mamlakatga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chet ellik talabalarning ushbu mamlakatga kirib kelish tartibiga ko‘ra, faqat «Rospotrebnadzor» tomonidan xavfsiz epidemiologik vaziyatga erishgan mamlakat sifatida tavsiya etilgan mamlakatlar fuqarolari kirishi mumkin.

Ayni paytda 25 ta mamlakatdan keladigan talabalarning Rossiyaga kirishiga ruxsat berilgan. Ushbu ro‘yxatga O‘zbekiston kiritilmagan.

Elchixona xabarida ta’kidlanishicha, talabalari Rossiyaga kirishga ruxsat etiluvchi davlatlarning ro‘yxati «Rospotrebnadzor» tomonidan muntazam ravishda yangilanib turadi va universitetlar tomonidan talabalarga, shu jumladan, universitet veb-saytlaridagi shaxsiy akkauntlari orqali, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalar orqali yetkaziladi.

«Dunyo»ning diplomatik vakolatxonaga tayanib yozishicha, 2020 yil oxirida e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya ta’lim muassasalarida O‘zbekistonning 35 mingga yaqin fuqarosi tahsil oladi. Ayni paytda ularning 7 mingga yaqini Rossiyaga kira olmayapti.

Eslatib o‘tamiz, 16 fevral kuni «Rospotrebnadzor» aviaqatnov tiklangan mamlakatlardan kelayotgan xorijlik talabalar uchun ayrim talablar evaziga o‘qishiga ruxsat bergan edi. O‘zbekiston TIV Rossiya O‘zbekiston fuqarolarining kirib kelishlari, jumladan, o‘qish maqsadida kelishlari uchun o‘rnatilgan cheklovlarni bekor qilmaganini ma’lum qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonlik talabalarga Rossiyaga kirish bilan bog‘liq cheklovlar saqlanib qolmoqda