Bugun Kavkaz hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib keldi, O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda momaqaldiroq bo‘lishi va shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati 15-20 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
27 martda respublika hududlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
28 martda O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 29 martda respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. 28 martda yomg‘ir momaqaldiroq bilan kuzatiladi, shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi.
28-29 martda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, 29 martda Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 martda havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi.
O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi