
Gidrometeorologiya xizmati boshlangan haftada kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unga ko‘ra dam olish kunlari yog‘gan kuchli yomg‘irlar bugun ertalab O‘zbekiston hududidan chekindi. Ko‘pchilik viloyatlarda bugungi kunni o‘zida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi. Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida bir oz yomg‘ir yog‘ib o‘tdi.
Faqat Farg‘ona vodiysining ba’zi hududlarida shamolning tezligi 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzi havo harorati 6-11 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Keyingi kunlarda respublikaning chekka shimoliy hududlariga Qozog‘iston hududidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massalari kira boshlaydi. Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida 30-31 mart va 1 aprel kunlari ba’zi joylarda nisbatan beqaror ob-havo kutilmoqda, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Faqat 31 mart kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Juma kuni kam bulutli va quruq ob-havo butun respublika hududini egallaydi.
Mart oyining so‘nggi kunlarida va aprel oyining birinchi kunlarida havo harorati kechasi 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 30-31 mart va 1 aprel kuni kunduzi havo harorati biroz salqin bo‘lib, 7-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
2 aprelda iliq havo massalari kirib keladi va kunduzi harorat 14-17 daraja iliqqacha ko‘tariladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar