O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi muhokama qilindi.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, xotin-qizlar bilan ishlashda himoya orderi mexanizmi yo‘lga qo‘yilganligi yuz berishi mumkin bo‘lgan turli holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020 yilda 1245 nafar, Buxoro viloyatida 862 nafar ayollarga berilgan himoya orderlari oilaviy munosabatlarning izga tushishini ta’minlagan.
O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha hududlardagi maktab, o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida psixolog mutaxassislar tomonidan tizimli ish olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida joylashgan “Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish xonasi” psixiatr shifokorlarning hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning yillik rejalari ishlab chiqilgan va tegishli tashkilot hamda muassasalar tomonidan tasdiqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?