11:33 / 04.04.2021
1 705

Senatda suitsidning oldini olish masalasi muhokama qilindi

Senatda suitsidning oldini olish masalasi muhokama qilindi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida o‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi muhokama qilindi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyatida olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilgan.
Ta’kidlanishicha, xotin-qizlar bilan ishlashda himoya orderi mexanizmi yo‘lga qo‘yilganligi yuz berishi mumkin bo‘lgan turli holatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2020 yilda 1245 nafar, Buxoro viloyatida 862 nafar ayollarga berilgan himoya orderlari oilaviy munosabatlarning izga tushishini ta’minlagan.

O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish hamda unga moyil bo‘lgan shaxslar bilan kompleks ishlash bo‘yicha hududlardagi maktab, o‘rta kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy ta’lim muassasalarida psixolog mutaxassislar tomonidan tizimli ish olib borilmoqda.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Buxoro viloyati barcha tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarida joylashgan “Ijtimoiy-psixologik yordam ko‘rsatish xonasi” psixiatr shifokorlarning hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlarning yillik rejalari ishlab chiqilgan va tegishli tashkilot hamda muassasalar tomonidan tasdiqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Senatda suitsidning oldini olish masalasi muhokama qilindi