
O‘zbekiston hududiga 9—10 aprel kunlari Eron hududlaridan iliq havo massalari kirib kelishi davom etadi, respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Xabarga ko‘ra, havo harorati kechalari 7-12 daraja iliqni tashkil etadi, kunduz kunlari 21-26 daraja iliqqacha isiydi. Ushbu harorat shu kunlarning ko‘p yillik qiymatlaridan 2-3 darajaga yuqori bo‘ladi.
Kavkaz hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi natijasida 11 aprel, yakshanba kuni haroratning pasayishi kutilmoqda. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari esa 17-22 daraja iliqdan yuqori va me’yordan 2-3 daraja past bo‘ladi.
Shu kunlarda Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 1600 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar