Foto: Prezident matbuot xizmati
14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda davlatimiz rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Kun tartibidan ko‘p qirrali O‘zbekiston-Pokiston sherikligining dolzarb masalalari, shu jumladan konstruktiv siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investitsiyalar, transport va tranzit sohalaridagi amaliy hamkorlikni, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlarni kengaytirish, madaniy-gumanitar hamkorlik dasturlarini ilgari surish masalalari o‘rin oldi.
Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari muborak Ramazon oyi boshlangani munosabati bilan bir-birini samimiy tabriklab, do‘st xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Keyingi yillarda oliy va yuqori darajadagi muntazam muloqotlar ikki tomonlama munosabatlarning jadal rivojlanishiga, ularni aniq mazmun bilan boyitishga xizmat qilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Pandemiyaga qaramay, faol almashinuvlar davom etdi. O‘zaro savdo hajmi oshib, qo‘shma biznes loyihalari soni ko‘paymoqda.
Hududlar o‘rtasida sheriklik aloqalari yo‘lga qo‘yilmoqda. Xususan, joriy yilning fevral oyida Panjob shtati hokimi rahbarligidagi ishbilarmonlik missiyasining Namangan viloyatiga tashrifi muvaffaqiyatli o‘tdi.
Birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan Transafg‘on temir yo‘lini qurish bo‘yicha strategik loyiha amalga oshirilmoqda. Ta’lim, madaniyat va turizm sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik ham kengaymoqda.
Onlayn-uchrashuvda O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi sheriklik va amaliy hamkorlikni kengaytirishning asosiy vazifalari batafsil ko‘rib chiqildi va birinchi galdagi choralar belgilab olindi. Bo‘lajak tadbirlar rejasi kelishildi.
Konstruktiv siyosiy muloqotni, parlamentlararo hamda xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi yaqin aloqalarni davom ettirishga alohida e’tibor qaratildi.
Transport va tranzit sohasidagi ustuvor loyihalarni ilgari surish, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini kuchaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish, jumladan, imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni qabul qilish, qo‘shma ishbilarmonlik forumlarini o‘tkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aviaqatnovlarni tiklash masalasi o‘rganiladi.
Ikki mamlakat yetakchilari Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan tez fursatda hal etish masalalariga alohida to‘xtaldilar. Ushbu mamlakatning jadal iqtisodiy tiklanishiga qaratilgan sa’y-harakatlar qo‘llab-quvvatlandi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibining boshqa jihatlari yuzasidan ham fikr almashildi.
Umuman, O‘zbekiston-Pokiston sammiti har doimgidek ochiq, amaliy va do‘stona ruhda o‘tdi.
Uchrashuv yakunida Qo‘shma bayonot qabul qilindi hamda standartlashtirish va metrologiya, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda qator muhim hujjatlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Metabolizm sekinlashganining belgilari