16:30 / 16.04.2021
19 018

O‘zbekistonga kelasi haftada sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda


O‘zbekistonda 16 aprel kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 22-27 daraja iliq atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Keyingi 3 kun ichida respublika bo‘yicha aprel oyi o‘rtasi uchun me’yoriy qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».

Qayd etilishicha, respublika hududining ko‘p qismida 17—18 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 18 aprel, yakshanba kuni Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, 19 aprel, dushanba kuni esa respublika shimolida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 16—19 aprelda kechalari 9-14 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Dam olish kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor.
20 aprelda O‘zbekiston hududiga shimoli-g‘arbiy oqim bilan Rossiya hududlaridan sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. 20—21 aprelda ko‘pgina viloyatlarda (respublikaning shimolidan tashqari) yomg‘ir yog‘adi, shamolning kuchayishi kutilmoqda. Haftaning o‘rtasiga kelib, harorat 10-12 darajaga pasayadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga kelasi haftada sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda