17:28 / 16.02.2015
7 015

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 6,14 so‘mga qimmatlashdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 6,14 so‘mga qimmatlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2015 yil 17 fevraldan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi, deb xabar berdi «Daryo.uz».

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftagidan 6,14 so‘mga oshib, 2454,30 so‘mni, 1 evro o‘tgan haftagidan 2,32 so‘mga oshib, 2777,13 so‘mni, 1 Rossiya rubli o‘tgan haftagidan 0,64 so‘mga oshib, 37,71 so‘mni tashkil etadi.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 6,14 so‘mga qimmatlashdi