Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. So‘nggi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘yicha yoz faslining boshi uchun me’yoriy qiymatlardan 7-10° ga yuqori bo‘lgan anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Bu hodisa Eron hududlaridan quruq va issiq havo kirib kelishi bilan bog‘liqdir.
Dam olish kunlarida issiq yana kuchayadi, kunduz kunlari havo harorati 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 44-46° gacha isiydi, kechalari esa 22-27° atrofida, respublikaning cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 30° gacha bo‘ladi.
Respublika hududining katta qismida bu yozning eng issiq boshlanishidir. Masalan, Toshkentda ushbu yilgacha iyun oyining birinchi haftasida haroratning mutlaq (absolyut) maksimumi 37-39° dan yuqori bo‘lmagan.
Dam olish kunlari respublika bo‘yicha shamol ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi