10:02 / 09.07.2021
2 166

«O‘zgidromet» bugundan jazirama issiq chekinishini aytmoqda

«O‘zgidromet» bugundan jazirama issiq chekinishini aytmoqda

9-iyulda kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha asta-sekin issiq pasayishi davom etadi, issiqning bunday pasayishi kecha respublika hududining shimoli-g‘arbiy hududlarida boshlangan.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida va cho‘l hududlarida 44-47° issiqdan so‘ng harorat 32-37° gacha pasayadi. Qolgan hududlarda issiq biroz pasayadi. Havo harorati 35-40°, ba’zi joylarda 42° gacha, Surxondaryo viloyatida 44-46° gacha atrofida bo‘ladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda havo massasi o‘zgarishi hisobiga shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Bugundan boshlab, nam va sovuq havoning Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati hududlarida ta’siri yaqqol seziladi. Kunlik maksimumlar shimol mintaqada +35 darajaga borib bormaydi. Bu, yoz oylari uchun ancha salqin havo degani.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 40-42° bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» bugundan jazirama issiq chekinishini aytmoqda