2 454
Prezident bilan uchrashuvdan oldin murojaatlar statistikasi: Tadbirkorlarni eng ko‘p qanday muammolar qiynamoqda?
Prezident avgustning birinchi yarmida tadbirkorlar bilan uchrashadi. Shu kungacha 4 mingdan ziyod murojaatlar kelib tushgan. Maxsus shtab biznes vakillarini eng ko‘p qiynayotgan muammolar statistikasini e’lon qildi.
Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotidan oldin Respublika bo‘ylab tadbirkorlardan minglab murojaatlar kelib tushmoqda.
O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi 2021 yilning 20 iyulidan 31 iyuligacha tadbirkorlar faoliyati bilan bog‘liq masala, o‘z biznesini kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan g‘oya va takliflar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri prezidentga murojaat qilishi mumkinligini e’lon qilgandi.
Shu kungacha Tadbirkor va investorlarning murojaatlarini qabul qilish va tahlil etish bo‘yicha shtabga 4 491 ta murojaat kelib tushgan, deya xabar bermoqda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. Bundan 3603 tasi individual, 104 tasi protestiv, 787 tasi tizimli muammolar hisoblanadi.
Eng ko‘p murojaatlar biznesni moliyalashtirish, kreditlash va subsidiyalar (1987 ta), eng kami esa davlat xaridlari (6 ta) va birja faoliyati (13 ta) bo‘yicha kelib tushgan.
Bundan tashqari, yo‘nalishlar kesimidagi murojaatlar statistikasi quyidagicha:
- xususiylashtirish — 25 ta;
- korrupsiya va byurokratik to‘siqlar — 29 ta;
- savdo, bojxona-tarif va notarif to‘siqlar — 45 ta;
- qurilish sohasi — 59 ta;
- soliq tizimi — 65 ta;
- davlat boshqaruv organlari faoliyati va ularning iqtisodiyotga aralashuvi — 93 ta;
- xususiy mulkni himoya qilish — 112 ta;
- imtiyoz va preferensiyalar — 166 ta;
- ruxsatnoma va litsenziya berish, sertifikatlashtirish va boshqalar — 181 ta;
- muhandislik va kommunikatsiya infratuzilmasi — 195 ta;
- biznesni boshlash yuzasidan g‘oyalar — 269 ta;
- yer va bino ajratish masalalari — 911 ta.
Hududlar kesimida eng ko‘p murojaat Toshkent viloyatidan (460 ta), eng kami esa Navoiy viloyatidan (120 ta) kelib tushgan.
Shuningdek, Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti avgust oyining birinchi yarmiga mo‘ljallanganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi