
Kecha yurtimizda 891 nafar kishida koronavirus aniqlanib, 7 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
2021 yil 9 avgust holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 138382 (+891) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 86 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 42 nafari Andijon viloyatida,
- 24 nafari Buxoro viloyatida,
- 79 nafari Jizzax viloyatida,
- 22 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 19 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 83 nafari Samarqand viloyatida,
- 28 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 89 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 88 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 46 nafari Xorazm viloyatida,
- 91 nafari Toshkent viloyatida,
- 153 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 941 nafarni tashkil qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar