Bugundan respublika bo‘ylab harorat tushib ketadi

Bugundan respublika bo‘ylab harorat tushib ketadi
27 sentabrda kunduz kuni respublika hududiga Volga bo‘yi hududlaridan salqin havo tarqaladi.

Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat foni nisbatan pasayadi va kunduz kuni 23-28° ni, shimolda 18-23° ni tashkil etadi.

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-25° gacha pasayadi.

Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 19-24° bo‘ladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar