
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo, asosan, quyoshli bo‘ladi, deb xabar bermoqda «O‘zgidromet».
Qayd etilishicha, 11—12 oktabr kunlari respublika sovuq antisiklon ta’siri ostida bo‘ladi. Sovuq havo, asosan, tungi haroratga ta’sir qilib, 2-5 daraja iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni harorat 18-20 daraja atrofida iliq bo‘ladi.
Hafta o‘rtasidan havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va oktabr oyining o‘rtalari uchun bo‘lgan me’yoriy qiymatlarga yetadi. Havo harorati kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 20-23 daraja iliq atrofida, janubda 25 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo quyoshli bo‘ladi. 12—13 oktabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar