6 794
Toshkentda qo‘shnisining uyidan 23 ming dollarlik boyliklarni o‘g‘irlagan jinoyatchi sheriklari bilan qo‘lga olindi
Toshkentda bir necha marta o‘g‘rilik va talonchilik jinoyatlarini sodir etgan jinoiy to‘da o‘zining uchinchi urinishida qo‘lga tushdi, deb yozadi «Na postu» gazetasi.
Dastlab, o‘tgan yilning 21-matridan 22 martga o‘tar kechasi ikki yigit erkaklar kiyimi sotiladigan do‘konning oynalarini sindirib, u erdan umumiy qiymati 5 million so‘mga teng kiyimlar va noutbukni o‘g‘rilab ketadi. Ikkinchi «ish»da o‘g‘rilar dorixona eshigini buzib kirib, 1 million so‘m pul va ikkita noutbukni o‘marishadi va dorixona egasiga 4 million so‘mlik zarar etkazadi. Keyin 1−2 oy tanaffus qilishga qaror qilishadi.
Yozda ular o‘z saflariga yana bir kishini qo‘shib olib, Chilonzor tumanidagi mahallalardan biriga, to‘da a’zolaridan birining qo‘shnisinikiga o‘g‘rilikka tushishadi. Bu uydan jami qiymati 23 ming dollarga teng boyliklar, jumladan, 7500 dollar miqdoridagi pul, umumiy qiymati 7800 dollarga teng 7 ta erkaklar soati. Qiymati 10 ming dollarga teng olmosli qimmatbaho taqinchoqlar o‘marib ketiladi.
Ushbu hodisaning ertasiga uchovlon kafelardan birida o‘tirganda qo‘shnisining uyi o‘marilgan yigitning onasi qo‘ng‘iroq qilib, uni tezda uyga etib kelishini so‘raydi. Uni ichki ishlar organlari xodimlari kutib turgandi. To‘daning qolgan ikki a’zosi esa biroz muddat yashirinib yurdi, biroq oxir-oqibatda Chirchiq shahrida qo‘lga olindi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi