
Gidrometeorologiya xizmati 1–4 noyabr kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini taqdim etdi. Unga ko‘ra:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 1 noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 1 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 14-19° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 1-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 1 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 2-3 noyabrda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 4 noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 1-3 noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 4 noyabrda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, 1-3 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4 noyabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 4 noyabrda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 3° sovuq - 2° iliq, kunduzi 1 va 4 noyabrda 2-7° iliq, 2-3 noyabrda 5-10° iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar