Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Tilo Klinner.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 4 noyabr kuni Toshkent davlat iiqtisodiyot universitetida an’anaviy olmon tili o‘qituvchilarining 14-anjumani boshlandi. Ma’rifiy tadbirda Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, huquqshunoslik fanlari doktori Tilo Klinner nutq so‘zladi. Diplomat O‘zbekiston olmon tilini o‘rganuvchilar soni bo‘yicha Osiyoda 1-o‘rinda ekanini mamnuniyat bilan qayd etdi va mazkur tilni o‘rgatishni yanada takomillashtirish lozimligini uqtirdi.
Germaniya elchisining ma’lum qilishicha, yaqinda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida malakali ishchilarning immigratsiyasi qonuniga alohida qiziqish hamda bu borada hamkorlik istagi bildirgan. Diplomat bu ham olmon tilini o‘qitishni jadal rivojlantirishni taqozo etuvchi omil ekanini ta’kidladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda O‘zbekistondagi 1600 maktabning 300 mingdan ziyod o‘quvchisi olmon tilini o‘rganmoqda. 10 ta maktabda olmon tili chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi. 6 ta o‘rta ta’lim maktabi esa olmon tili bo‘yicha diplom (DSD) berish huquqiga ega. Oliy o‘quv muassasalarida mazkur tilni o‘rganayotganlar soni 19 mingni tashkil etadi. Hozirda olmon tilini bog‘cha, maktab va universitet bosqichlarida, uzluksiz ravishda o‘qitishga e’tibor qaratilmoqda.
Elchi Tilo Klinner, TDIU rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipov va tadbir mehmonlari.
Foto: Germaniya elchixonasi matbuot xizmati
Eslatib o‘tamiz, olmon tili o‘qituvchilarining 13-anjumanida ham ta’limni takomillashtirish masalalari muhokama etilgan edi. O‘shanda O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri birinchi o‘rinbosari Alisher Umarov ayni paytda maktablarda olmon tili ta’limini kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilayotgani, negaki, ilm-fan hamda yuksak texnologiyalar vatani bo‘lmish Germaniyadan O‘zbekiston ko‘p jihatlarni o‘rganishi mumkinligini ta’kidlagan edi.
Germaniya Yevropa Ittifoqi davlatlari orasida O‘zbekistonning asosiy savdo-iqtisodiy hamkori sanaladi. Keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi qariyb 60 foizga o‘sdi. O‘zbekistonda Germaniya sarmoyasi ishtirokidagi 190 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. MAN, Claas, Knauf, Papenburg, Volkswagen, Viessmann, Siemens, Bosch kabi mashhur olmon shirkatlari bilan loyihalar amalga tatbiq etilmoqda. O‘sib borayotgan savdo-iqtisodiy munosabatlarda, shubhasiz, til omili ham muhim o‘rin tutadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...