15:30 / 14.11.2021
2 163

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 15 noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin

O‘zbekistonning ayrim hududlarida 15 noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin
«O‘zgidromet» 15 noyabr, dushanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab, biroz yomg‘ir yog‘adi kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 9-14 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tuman tushadi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi esa 8-13 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylada yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi esa 1-6 daraja iliq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonning ayrim hududlarida 15 noyabr kuni yomg‘ir yog‘ishi mumkin