Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanidagi dalalardan birida bo‘yin qismi o‘tkir tig‘ bilan kesilgan jasad topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov Daryo.uz so‘roviga asosan bu xabarni tasdiqagan.
Ma’lum bo‘lishicha, 11-noyabr kuni soat 16:30 da Mirzaobod tumani IIB xabariga asosan Mirzaobod tumani, «Bek klaster»ga tegishli dala maydoni hududida 53 yoshli G‘.A.ning murdasi bo‘yin sohasi kesilgan holatdagi tan jarohati bilan topilgan. Marhum Mirzaobod tumani favqulodda vaziyatlar bo‘limida ishchi bo‘lib ishlagan.
Voqea joyidan dastasi jigarang oshxona pichog‘i, «Rapira» lezviyasi va boshqa buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olingan. G‘.A.ning vafot etgani yuzasidan tayinlangan sudga oid komission ekspertizasining dastlabki xulosasida uning o‘limiga bo‘yin sohasi qon tomirlari traxeya va qizilo‘ngach kesilishi, tashqi qon ketishi sabab bo‘lgani ko‘rsatilgan.
Hayot Shamsutdinov Telegram-kanalida yozishicha, holat yuzasidan Mirzaobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?